16:06 / 17.09.2020
5630
Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari 30ga yaqin «Tolibon» jangarilarini yo‘q qildi

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining 20 nafar askari halok bo‘lgan, 15 nafar harbiy jarohatlangan

Foto: REUTERS/Omar Sobhani

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari Nangarhor viloyatida yuz bergan to‘qnashuvlar davomida “Tolibon” harakatining 30ga yaqin jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda viloyat ma'muriyati vakili Otatulla Xo‘g‘oniyga tayanib 1 TV telekanali xabar berdi.

Uning ma'lumot berishicha, o‘tgan tunda jangarilar Hisorak va Sherzod tumanlarida xavfsizlik kuchlarining bir nechta punktlariga hujum qilgan. Hukumat kuchlarining javob qaytarishi natijasida 29 nafar jangari o‘ldirilgan. Yana 20 nafarga yaqin tolib yaralangani aytilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining 20 nafar askari halok bo‘lgan, 15 nafar harbiy jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, 12 sentabr kuni Qatar poytaxti Dohada “Tolibon” harakati va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlangandi.

Top