14:43 / 17.09.2020
5715
Avgust oyida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

Avgust oyida 7301 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan.

O‘zbekistonda 8 oyda jami 52 202 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi. Bunda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44,9 foiz o‘sish sur'ati kuzatildi

Avgust oyida 7301 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 82 taga ko‘p.
 
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-avgust oylarida 52 202 dona Cobalt (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 44,9 foiz), 46 904 dona Nexia T-250 (3,6 foiz), 35 150 dona Lacetti-Gentra (27,9 foiz), 35 322 dona Damas (10,2 foiz), 18 275 dona Spark (28,6 foiz) hamda 5 327 dona Labo (5,7 foiz) avtomobillari ishlab chiqarildi.

Top