09:05 / 17.09.2020
12871
BMTda insoniyatga xavf solayotgan bosh tahdid aytildi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta'kidlashicha, koronavirus infeksiyasi ayni vaqtda dunyodagi tinchlikka bosh xavf hisoblanadi. U bu haqda BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Koronavirus pandemiyasi hayotimizda uchragan birorta boshqa inqirozga o‘xshamaydigan inqirozdir va shu sababli joriy yilda Bosh Assambleya sessiyasi o‘zgacha bo‘ladi”, deb aytgan Guterrish.

Bosh kotibning ta'kidlashicha, yaqin orada pandemiya qurbonlari soni million nafarga yetishi mumkin. Shu bilan birga, vaksinaga haddan ziyod umid bog‘lash kerak emas, chunki “u inqirozni o‘z-o‘zicha bartaraf eta olmaydi”. Vaksina sayyoraning barcha aholisiga taqdim qilinsagina, kutilgan “ne'matga” aylanadi.   

Shu bilan birga, Antoniu Guterresh epidemiyaga qarshi kurashda yordam beradigan vositalar ro‘yxatini kengaytirishga chaqirgan. U shu maqsadda 22 sentyabrda xalqaro hamjamiyatni joriy yil oxirigacha barcha ixtiloflarda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishni rejalashtirgan. 

Avvalroq BMT bosh kotibi koronavirusga qarshi vaksina va testlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarni jadallashtirish uchun xalqaro hamjamiyat 35 mlrd dollar ajratishi kerakligini aytgan.

Top