19:11 / 17.09.2020
33135
Bosh prokuror o‘rinbosarlaridan biri Hisob palatasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PF-6063-sonli farmoni bilan Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Saidlaziz Saidkarimov 1982 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2002 yil O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

S.Saidkarimov 2002-2009 yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tizimida turli vazifalarda ishlagan. 2009-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2018 yil fevraldan buyon O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq 2019 yil sentyabridan buyon Hisob palatasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan Bahodir Turobov palata raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Top