23:02 / 17.09.2020
20063

Lukashenko Ukraina, Litva va Polsha bilan chegaralar yopilishini e'lon qildi

Belarusda o‘tkazilgan saylovlardan so‘ng mamlakatda yuz berayotgan voqealar fonida respublikaning Boltiqbo‘yi davlatlari, Polsha va Ukraina bilan munosabatlari yomonlashgan.

Foto: RIA "Novosti"

Belarus Ukraina, Litva va Polsha bilan chegaralarini yopadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko e'lon qildi.

“Biz qo‘shinlarni ko‘chalardan olishga, armiyaning yarmini qurollantirish va Litva hamda Polsha bilan chegaralarni yopishga majburmiz”, degan u.

RIA Novostining yozishicha, Lukashenko Ukraina bilan ham chegaralar yopilishini ma'lum qilgan.

Onliner nashrining xabar berishicha esa, Lukashenko «Biz g‘arb tomondagi Litva, Polsha, birodar Ukraina bilan chegaralarni yopishga majburmiz», degan.

Belarusda o‘tkazilgan saylovlardan so‘ng mamlakatda yuz berayotgan voqealar fonida respublikaning Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha va Ukraina bilan munosabatlari yomonlashgan.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putindan yangi turdagi qurollar yetkazishni so‘raganligi xabar qilingandi.

Top