15:25 / 17.09.2020
4711
Sony noyabrda PlayStation 5 sotuvga chiqishini e'lon qildi

Blu-Ray disklarini o‘qiydigan qurilma bilan jihozlangan PlayStation 5 narxi 500 dollar atrofida bo‘ladi. O‘lchami undan kichikroq va qurilma bilan jihozlanmaganining narxi esa 400 dollarga yaqin bo‘lishi ma'lum qilindi.

Foto: PlayStation

Sony kompaniyasi noyabr oyida PlayStation 5 o‘yin qurilmasini sotuvga chiqarishini e'lon qildi.

 Blu-Ray disklarini o‘qiydigan qurilma bilan jihozlangan PlayStation 5 narxi 500 dollar atrofida bo‘ladi. O‘lchami undan kichikroq va qurilma bilan jihozlanmaganining narxi esa 400 dollarga yaqin bo‘lishi ma'lum qilindi.

 O‘yin qurilmasi 12 noyabrda AQSh, Kanada, Yaponiya, Meksika, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreyada sotuvga chiqadi. Bir haftadan so‘ng esa butun dunyo bozorlariga chiqariladi.

PlayStation 5 shu yilning iyunida taqdim etilgandi. Kompaniya unga yangi geympad, yangi HD-kamera, quloqchinlar va masofadan boshqaruv pultini ishlab chiqqan.

O‘tgan haftada Microsoft korporatsiyasi Xbox Series X va  Xbox Series S o‘yin qurilmalarining sotuvga chiqish muddatini e'lon qilgandi. Har ikki model 10 noyabrda mos ravishda 499 va 299 dollar narx bilan sotuvga chiqadi.

Top