14:50 / 17.09.2020
3726
Tramp AQShda koronavirusga qarshi ommaviy emlash oktyabrdan boshlanishi mumkinligini aytdi

Donald Trampning aniqlik kiritishicha, "bu oktabr o‘rtalarida, ehtimol sal keyinroq" boshlanadi.

Foto: Reuters

AQShda aholi o‘rtasida COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinani keng ravishda tarqatish oktyabrda boshlanadi, 2020 yil oxirida 100 million doza vaksina tayyor bo‘ladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.

"Biz vaksinani butunlay xavfsiz va samarali tarzda yetkazish va taqsimlash yo‘lidamiz. O‘ylashimizcha, buni oktyabrda boshlashimiz mumkin", - dedi Tramp.

 Uning aniqlik kiritishicha, "bu oktabr o‘rtalarida, ehtimol sal keyinroq" boshlanadi.

 U vaksina oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi (FDA) tomonidan ma'qullanishi bilan AQSh millionlab doza vaksina ishlab chiqarishni boshlashini aytdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 2020 yil oxiriga kelib kamida 100 million doza koronavirusga qarshi vaksina tayyor bo‘ladi.

Shu bilan birga AQSh sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari koronavirusga qarshi vaksina aholi uchun qachon tayyor bo‘lishi borasida boshqacha fikrda, deb yozadi Bloomberg.

"Vaksina Amerika jamoatchiligi uchun qachon tayyor bo‘lishini so‘raydigan bo‘lsangiz, biz 2021 yilning ikkinchi choragi oxiri, uchinchi choragini yakuniy muddat sifatida ko‘rmoqdamiz", - degan kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi (CDC) direktori Robert Redfild.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top