00:32 / 17.09.2020
4102
Trampning sobiq maslahatchisiga qarshi jinoiy ish ochildi
Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Boltonga nisbatan adliya vazirligi tomonidan jinoiy ish ochildi. Boltonga qo‘yilayotgan ayblovlar uning o‘z kitobida maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilgani bilan bog‘langan.

Joriy yil iyunida Bolton o‘zining “Bu yuz bergan xona: Oq uy xotiralari” (The Room Where It Happened: A White House Memoir) deb nomlangan kitobini taqdim qilgandi. U o‘z kitobida Trampni dunyo geosiyosati borasidagi qarashlari uchun tanqid ostiga olgan.

Tramp bunga javoban Boltonni “yolg‘onchi” deb atagan va unga qarshi tergov boshlashni talab qilgan.

Boltonga bildirilayotgan ayblovlar uning o‘z kitobida maxfiy ma'lumotni oshkor qilgan bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘langan. Vaholanki, asar chop etilishdan avval milliy xavfsizlik agentligi tomonidan to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Biroq tergovning fikricha, ushbu tekshiruv hali yakunlanmagan. 

Bolton Tramp maslahatchisi bo‘lib 2018 yil 9 apreldan 2019 yil 10 sentyabrgacha faoliyat yuritgan. 

Top