17:41 / 18.09.2020
4234

AQShda TikTok va WeChat ilovalarini yuklab olish taqiqlandi

Manbalarning ta'kidlashicha, Apple va Google kompaniyalari mamlakat hududidagi platformalaridan Xitoy ilovalarini o‘chirishga majbur bo‘ladi. 

Foto: globallookpress.com

AQShda TikTok va WeChat ilovalarini yuklab olish taqiqlandi, deb xabar berdi Reuters mamlakat savdo vazirligidagi manbalariga tayanib.

 Endilikda AQSh hududida yashaydigan foydalanuvchilar TikTok yoki WeChat yangilanishlarini yuklab ololmaydi. Manbalarning ta'kidlashicha, hukumat foydalanuvchilarni ilovalarni telefonlaridan o‘chirishga majbur qilmaydi, ammo Apple va Google kompaniyalari mamlakat hududidagi platformalaridan Xitoy ilovalarini o‘chirishga majbur bo‘ladi. 

 Shu bilan birga, Amerika kompaniyalariga Xitoy hududida WeChat orqali biznes yuritishga ruxsat beriladi. Agarda TikTok Vashington bilan aktivlarni bo‘lishish borasida kelishuvga erishsa, ilova AQSh hududida bloklanmaydi.

Aktivlarni bo‘lishish TikTok’ning Amerika kompaniyasiga sotilishini  anglatadi. Microsoft avgustda Xitoyning ByteDance kompaniyasidan ushbu ilovani sotib olmoqchi ekanligini bildirgandi.

Mavzuga oid
Top