09:55 / 18.09.2020
3147
Boliviyaning vaqtinchalik prezidenti mamlakat rahbari saylovlaridan o‘z nomzodini oldi
Foto: Reuters

Boliviyaning vaqtinchalik prezidenti Janin Anes prezident saylovlaridan o‘z nomzodini olganini ma'lum qildi. U buni demokratik kuchlar nomzodlari orasida ovozlar bo‘linishini istamagani bilan tushuntirgan.

Boliviya prezidenti saylovlari 18 oktyabrga belgilangan.  

Janin Anes mamlakatning sobiq prezidenti Evo Morales mamlakatda o‘tgan saylovlar natijalariga qarshi noroziliklar ortida 2019 yil noyabrda mamlakatni tark etgandan keyin vaqtinchalik prezident bo‘lgan. U bungacha mamlakat parlamenti spikerining ikkinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.            

“Bugun men Boliviya prezidenti lavozimidan o‘z nomzodimni olaman. Bu qurbonlik keltirish emas, balki katta sharafdir, chunki men buni demokratik nomzodlar orasida ovozlar bo‘linishi xavfi sababli qilmoqdaman”, deb aytgan Anes o‘z videomurojaatida. 

Reuters axborot agentligining ta'kidlashicha, Anes bu bayonotni Evo Morales partiyasi nomzodidan ortda qolayotganini ko‘rsatuvchi so‘rovnomalar e'lon qilingani ortida bergan. 

Top