21:57 / 18.09.2020
3018
Facebook smartfon kamerasi orqali Instagram foydalanuvchilarini kuzatganlikda ayblanmoqda

Da'vogar Brittani Konditining ta'kidlashicha, Facebook «o‘z foydalanuvchilari to‘g‘risidagi qimmatli ma'lumotlarni» boshqa yo‘l bilan yig‘a olmagani sababli smartfonlar kameralaridan foydalangan.

Foto: Izvestiya

San-Fransisko sudiga Facebook kompaniyasining Instagram ilovasi foydalanuvchilar foto va video suratga olmagan paytda ham iPhone kamerasidan foydalanayotganligi borasida da'vo arizasi kelib tushdi. Bu haqda Instagram foydalanuvchisi bergan ariza matniga asoslanib Bloomberg xabar qildi.

Shu yilning iyulida qator Instagram foydalanuvchilari ilova iPhone kamerasidan uning egasi ruxsatisiz foydalanishi mumkinligi to‘g‘risidagi eslatmaga e'tibor qaratishgandi. Facebook bu eslatmani nuqson deb izohlagan va foydalanuvchilarni smartfon kamerasi orqali kuzatmasligini bildirgandi.

Da'vogar Brittani Konditining ta'kidlashicha, Facebook «o‘z foydalanuvchilari to‘g‘risidagi qimmatli ma'lumotlarni» boshqa yo‘l bilan yig‘a olmagani sababli smartfonlar kameralaridan foydalangan.

Avvalroq, 12 avgustda, Facebook Instagram foydalanuvchilarining biometrik ma'lumotlarini yig‘ish uchun qiyofani aniqlash texnologiyasidan foydalanganlikda ayblangandi. Illinoyslik Instagram foydalanuvchisi ana shunday shikoyat bilan chiqqandi.

Kompaniya bu e'tirozni rad etgan va Instagram bunday texnologiyalardan foydalanmasligini ma'lum qilgan.

Top