16:13 / 18.09.2020
11224

IIBB Sergeli tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

Hozirgi vaqtda tergov olib borilmoqda, bir qator ekspertizalar belgilangan.

Toshkent shahar Sergeli tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar qilgan.

2020 yil 17 sentabr kuni taxminan soat 02:00da 31 yoshli Farrux T. Lacetti rusumli avtomobilni mast holatda Sergeli tumani Chinor ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borgan. 

Qayd etilishicha, u Chinor va Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari kesishmasi yaqinida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi do‘konga to‘qnashib, so‘ng chetda turgan ikki nafar piyodalar – 24 yoshli Muhammad T. va 22 yoshli Alfiya B.ni urib yuborib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 32 yoshli Kamola N. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobilga to‘qnashgan. Haydovchining ko‘rsatmalariga ko‘ra, avtomobil tezlikni oshirib harakatlangan.

Tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib kelishi bilan guvohlar haydovchi YTH joyini tark etishga harakat qilganligini, ammo ular tomonidan qo‘lga olinganini ma'lum qilishdi. 

YTH sababli ikkala piyodalar ham shifoxonaga yetkazildilar. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Hozirgi vaqtda tergov olib borilmoqda, bir qator ekspertizalar belgilandi, deyiladi ma'lumotda.

Top