18:50 / 18.09.2020
6913

Maktab ta'tillari vaqtini o‘zgartirish rejalashtirilmagan – XTV

Umumiy o‘rta ta'limda joriy o‘quv yili kechroq – 14 sentyabrda boshlanganiga qaramay, maktab ta'tillari kechiktirilishi rejalashtirilmayapti, deb ma'lum qildi Xalq ta'limi vazirligi.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, o‘quv yili 34 haftadan iborat va 4ta chorakka bo‘linadi, har bir chorak oralig‘ida ta'tillar belgilangan:

  • kuzgi ta'til: 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
  • qishki ta'til: 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
  • bahorgi ta'til: 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
  • yozgi ta'til: 26 maydan 1 sentyabrga qadar davom etadi.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta'til beriladi.

«Hozircha ta'til kunlariga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmagan, o‘zgartirish zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi», – deyiladi XTV xabarida.

Mavzuga oid
Top