11:00 / 18.09.2020
3922
Mo‘jiza sari 10 bosqich: to‘qqizinchi bosqich – bayram mo‘jizasi
Foto: Magic City

Taqvimdagi sana har doim ham kunimizning o‘zgacha va bayramona o‘tishiga sabab bo‘lmaydi, shunday emasmi? Ajoyib kunni yaqin insonlar, quvonchli his-tuyg‘ular va to‘g‘ri tanlangan joy yaratadi.

Tug‘ilgan kunni qayerda nishonlash, farzandingiz yoki do‘stingizni qanday ajablantirish haqida necha marta o‘ylagansiz? Uning hamma narsasi bor, shuning uchun o‘ziga xos, yangi, oldin hech qachon boshidan o‘tkazmagan hissiyotlarni va sinab ko‘rmagan narsalarni sovg‘a qilishni istaysiz.

The Magic jamoasi bayram butun yil davomida har kuni hukm suradigan joyni barpo etmoqda. Undagi har bir burchak bayram mo‘jizasi bilan o‘rab olingan bo‘ladi.

Siz va farzandlaringiz uchun barcha mumkin bo‘lgan tadbirlar ssenariysi tayyorlanmoqda. Siz va mehmonlaringiz uchun maxsus avtobus kelib, abadiy bayram mamlakatiga olib ketsa, bu naqadar ajoyib bo‘lishini tasavvur qila olasizmi? Londonda nonushta qilib, Misrda attraksionlarda uchishingiz, Parijda tushlik qilishingiz, Italiyada mahorat darsida ishtirok etishingiz mumkin, kechqurun esa sizning sharafingizga nihoyatda chiroyli favvora yoqiladi yoki salyut otiladi. Bunday mo‘jizaviy tuyg‘ularni tez orada Toshkentda his qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Sayilgohda xizmat ko‘rsatish yuqori darajada qulay, muhit esa ish kunlarida ham bayramona bo‘lishiga tayyorlanmoqda.

Ushbu yurtning har bir fuqarosi o‘z mehmonlarini kutib olishdan mamnun bo‘lib, ularga ajoyib kayfiyat bag‘ishlashdan xursand bo‘ladi. Ular siz uchun eng yaxshi do‘stlaringizga aylanadi – hozirjavob, xushmuomala, har doim yordamga kelishga tayyor.

Sayilgohda siz aniq adashib qolmaysiz, chunki har bir bo‘limda xaritaga ega ma'lumot kiosklarini topishingiz mumkin.

Katta va qulay avtoturargoh mashinangizni qayerda qoldirish haqida qayg‘urmaslikka imkon beradi.

Xizmat ko‘rsatishning afzalliklaridan biri shahar ichida qatnaydigan avtobus bo‘lib, unda sayilgohgacha yetib olsangiz bo‘ladi. Magic City’ning keng hududi bo‘ylab golfkarlar odamlarni avtoturargohdan sayilgohdagi kerakli joyga olib borish uchun yo‘lga qo‘yiladi. Yosh bolali ota-onalar uchun juda qulay xizmat – bolalar aravachasini ijaraga olish imkoni bo‘ladi. Kichkintoy bola uxlayotgan paytda kattalar sayr qilishdan zavq olishlari mumkin.

Shuningdek, “Ona va bola” xonalari mavjud bo‘lib, imkoniyati cheklangan insonlar uchun esa panduslar va maxsus yo‘llar quriladi.

Sayilgoh ixlosmandlari uchun doimiy mijoz tizimi ishlab chiqiladi, u har bir tashrif uchun yoqimli bonuslarni olish imkoniyatini beradi.

Animatorlar jamoasi esa mehmonlarni rang-barang namoyishlar va kostyumli shoular bilan hayratga soladi.  

Qulaylik, mo‘jizaviy muhit, ko‘z ko‘rmagan ko‘ngilochar sayr-tomoshalar va boshqalar sizni Magic City sayilgohida kutmoqda.  

Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99.

Ayni paytda sayilgohda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Top