09:28 / 18.09.2020
1843

Yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 135 trln so‘mga yetdi 

2020 yilning yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 135 trln so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 11,9 trln so‘mga oshdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 0,1 foizni tashkil etdi 

2020 yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning avgust oyida (diskret oy) ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2,2 trln. so‘mga o‘sdi va 18,5 trln. so‘mga yetdi. 

2020 yil VII diskret (iyul) oyining hajmiga nisbatan taqqoslaganda, 2020 yil VIII diskret (avgust) oyining hajmi 2,6 trln. so‘mga o‘sdi. 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2020 yilning yanvar-avgust oylarida ularning ulushi 26,2 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (24,2 foiz), moliyaviy xizmatlar (21,9 foiz), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha (6,1 foiz) qayd etildi. 

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar ko‘rsatish hajmlarining uncha katta bo‘lmagan o‘sishi kuzatildi, ularning ulushi atigi 1,4 foizni tashkil etdi. Shuningdek, nisbatan yuqori bo‘lmagan ulush kompyuter va maishiy tovarlarni ta'mirlash bo‘yicha xizmatlar - 1,5 foiz, ijara sohasidagi xizmatlar - 1,8 foiz, me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hissasi 2,1 foizga to‘g‘ri keldi. 

Mavzuga oid
Top