08:39 / 18.09.2020
7528
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash tartibi ochiqlandi

Yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish, zamonaviy texnologiya va qurilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda yoqilg‘i-energetika resurslarini xo‘jasizlarcha sarflanishining oldini olish maqsad qilingan.

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish, iqtisod qilishni takomillashtirish va ulardan foydalanishda qoidabuzarliklar uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.

Qayd etilishicha:

yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;

undirilgan iqtisodiy jazolar summasi to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasiga soliqqa tortilmagan holda tushiriladi.

Neft, gaz kondensati, tabiiy gaz, neft mahsulotlari, suyultirilgan uglevodorod gazi, siqilgan tabiiy gazni yetkazib berish va foydalanishda quyidagilar qoidabuzarlik hisoblanadi:

a) quyidagi hollar korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlik sub'yektlariga qarashli neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va gazni noqonuniy o‘zlashtirib olish va xo‘jasizlarcha sarflash, ularni neft omborlaridan va transport vositalaridan noqonuniy sotishga tenglashtiriladi:

- qalbaki hujjatlar va tovarsiz operatsiyalar rasmiylashtirish hamda yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida o‘zaro til biriktirish orqali neft, neft mahsulotlari va gazni o‘zlashtirish;

- o‘lchov ma'lumotlari (quyish balandligi, hajm, zichlik, temperatura, bosim va boshqa ko‘rsatkichlar) hamda neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va gazning rusumlarini buzish yo‘li bilan yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan temir yo‘l, avtomobil sisternalari va iste'molchilar taralariga neft mahsulotlari va gazni to‘liq quymaslik;

- yoqilg‘i va moy tarqatish kolonkalari orqali neft mahsulotlari va gazni to‘liq quymaslik va ularni nostandart yoki yaroqsiz (sinovdan o‘tkazilmagan) idishda tarqatish;

- neft, neft mahsulotlari va gazni xo‘jasizlarcha (samarasiz) sarflanishi;       

- yoqilg‘i iste'mol qiluvchi texnikalarning yuk ko‘tarish qobiliyatidan, masofadan, quvvatidan, tirkamadan to‘liq foydalanmaslik hisobiga, yuk tashish yuksiz harakatlanish (harakat qatnovining ikki yo‘nalishida ham yuksiz harakatlanganda) va maxsus avtomobillarda mansabdor shaxslarni tashish, shuningdek, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan masofa, belgilangan masofadan ortiqcha sarf, dvigatellarni uzoq muddat behuda ishlatish bilan bog‘liq nooqilona yoki samarasiz foydalanishlar;

- tegishli avtotransport vositalari, mexanizmlar va boshqa neft, neft mahsulotlari va gazni iste'mol qiluvchi texnikalardan g‘araz maqsadlarda foydalanish;

- korxona va tashkilotlarga qarashli neft omborlari, AYoQSh, AGTSh, GNS, GNP, AGTKShlaridan (tarqatish varaqalari orqali) hamda davlat transport vositalarining baklaridan yonilg‘i – moylash materiallari, suyultirilgan ugdevodorod gazi va siqilgan tabiiy gazni boshqa tashkilot va jismoniy shaxslarga sotish;

- iste'molchilar tomonidan amaldagi qoida va me'yoriy hujjatlar talablarini buzgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma, limitlar, kvotalar yoki reja asosida tarqatilgan neft, neft mahsulotlari va gazni boshqa tashkilotlarga tarqatish va almashish;

b) neft, neft mahsulotlari va gazni nomuvofiq maqsadda ishlatish, qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan me'yorlardan ortiqcha sarflashga teng jumladan:

- amaldagi o‘rnatilgan standartlar asosida belgilangan ro‘yxatni buzgan holda neft mahsulotlaridan foydalanish xususan dizel yoqilg‘isini ma'muriy, ishlab chiqarish va kommunal maishiy binolarda isitish uchun, novvoyxona, hammom, issiqxona hamda boshqalar obektlarda ko‘mir, gaz, mazut va qozon-pech yoqilg‘isi o‘rniga foydalanish;

- avtomototransport ishida, yo‘l qurilish mexanizmlarida va boshqa yoqilg‘i iste'mol qiladigan mahsulot, tovarlar ishlab chiqarilishi hamda xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan texnikalarda neft, neft mahsulotlari va gazni o‘rnatilgan (tasdiqlangan) me'yordan ortiqcha sarflash;

v) neft, neft mahsulotlari va gazni texnologik yo‘qotishlar va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tabiiy kamayish yoki qo‘shib yozilgan ish hajmi hisobiga asossiz hisobdan chiqarish hollarida:

- tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirmagan holda va (yoki) qalbaki hujjatlar orqali neft, neft mahsulotlari va gazni hisobdan chiqarish;

- neft, neft mahsulotlari va gazni omborxona hisob operatsiyalarida qurilmaning nosozligi, tashishda, to‘kish (quyib olish)da, saqlashda va tarqatishda ishlarni noto‘g‘ri tashkillashtirilganligi tufayli tabiiy yo‘qotishlarni me'yordan ortiqcha hisobdan chiqarish yoki noto‘g‘ri hisoblash;

- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda yoqilg‘i iste'mol qiluvchi texnikaning amalda bajarmagan (qo‘shib yozilgan) ish hajmlari uchun neft, neft mahsulotlari va gazni hisobdan chiqarish, shuningdek bajarilgan ishlar hajmini to‘liq asoslamasdan (yetarli ma'lumotlar asosida) hamda birlamchi hujjatlarni to‘liq rasmiylashtirmasdan hisobdan chiqarish;

g) yetkazib beruvchi hamda sotuvchi tashkilotlar va korxonalar tomonidan, shuningdek, neft, neft mahsulotlari va gaz iste'molchilari tomonidan neft, neft mahsulotlari va gazni sifati buzilganda hamda neft, neft mahsulotlari va gazni tashish qoidalariga rioya qilmaslik, xususan:

- turli markadagi neft mahsulotlarini aralashtirish yo‘li bilan sifatni qasddan buzish hamda litsenziya va uning bitimlariga rioya qilmagan holda faoliyat ko‘rsatish;

- rezervuarlar, texnologik quvur liniyalari, transport vositalarini tayyorlash (tozalash) bo‘yicha standartlar talablariga javob bermaslik natijasida neft mahsulotlarining sifatini buzish;

- sifat pasportisiz kelib tushgan kondensatlanmagan neft, neft mahsulotlari va gazni qabul qilish hamda ularni saqlash va sotish;

- qabul qilinayotgan mahsulot sifatini tekshirmasdan qabul qilish, sifatsiz mahsulotlarni qasddan qabul qilish, (AYoQSh bundan mustasno);

- neft bazalar, umumiy foydalanishdagi GTSh, GTP, AYoQSh, AGTShlar va neft omborlaridan past sifatli neft, neft mahsulotlari va gazni sotish;

- neft, neft mahsulotlari va gazni tashishda sifatni buzish, tashish qoidalariga rioya etilmaslik, avtosisternalarni tamg‘asiz va neft mahsulotlari sifat pasportlarisiz tashish;

- neft, neft mahsulotlari va gazni yetkazib beruvchilardan vagon-sisternalarni tamg‘asiz va qabul qilish tartiblariga rioya qilmagan holda qabul qilgani uchun ya'ni neft, neft mahsulotlari va gazni qabul qilish va tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga xilof ravishda qabul qilish;

ye) neft, neft mahsulotlari va gazni yetkazib beruvchi va sotishni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlarga avtosisternalarni tamg‘alamasdan va sifat pasportisiz past sifatli neft, neft mahsulotlari va gazni yetkazish;

j) sifatni buzilishi hisobiga kamomadni yuzaga keltirish hamda neft mahsulotlari va gazni yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan texnologik jarayonlar va rejimlarni buzish;

z) iste'molchilarga sifat sertifikatisiz va boshqa tegishli hujjatlarsiz neft mahsulotlari, suyultirilgan uglevodorod gazi va siqilgan gazni tarqatish hamda tarqatish texnologiyalarini amaldagi standartlarga mos kelmasligi gazni noqonuniy o‘zlashtirish va xo‘jasizlarcha sarflash;

i) ishlab chiqarish texnologik qurilmalardan to‘kib olingan moylash mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga topshirmaslik yoki uni maishiy ehtiyojlarga ishlatish;

k) suyultirilgan va siqilgan gazda ishlashga moslashtirilgan transport vositalari va mexanizmlarda bir vaqtning o‘zida avtobenzin yoki dizel yonilg‘isini belgilangan me'yorlardan ortiq sarflash.

Tabiiy gaz yetkazib berishda va foydalanishdagi qoidabuzarliklar quyidagicha:

a) amaldagi tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida ko‘zda tutilgan qoidabuzarliklar;

b) iste'molchilarni gazlashtirish hujjatlarida va tabiiy gazni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha gazdan foydalanuvchi jihozlarni o‘zboshimchalik bilan ulash;

v) iste'molchilarni gazlashtirish va tabiiy gazdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarini rasmiylashtirmasdan hamda tabiiy gazni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan gaz tarmoqlariga ulanishi;

g) shartnoma tuzmasdan iste'molchilarga gaz yetkazib berish yoki yetarli tahlillar olib borilmasdan iste'molchilarga gaz ta'minoti tomonidan asossiz ravishda tabiiy gaz hajmi (fond yoki limit) ortiqcha yoxud kam ajratish;

d) iste'molchilarga shartnomada ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha gaz yetkazib berish, bunda ortiqcha yetkazib berilgan gaz miqdori hisobot oyi davomida gaz ta'minoti (gaz transportirovka qiluvchi) tashkilotlari bilan gaz yetkazib berish yuzasidan o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida, belgilangan shakldagi hisobot, belgilangan tartibda oylik yetkazib berilgan va qabul qilingan gaz uchun o‘zaro tuzilgan dalolatnoma bilan aniqlanadi;

ye) gazlashtirish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan gaz yetkazib berish shartnomasini tuzish va yetkazib berish;

j) iste'molchilarning yoqilg‘idan foydalanuvchi jihozlari (qurilmalari)ga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan me'yorlardan ortiqcha va ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yish;

z) “O‘zneftgazinspeksiya”ning tegishli xulosalarisiz iste'molchilarning gazdan foydalanuvchi qurilmalarida sinov-sozlash ishlarini amalga oshirish;

i) gaz ta'minoti korxonalari tomonidan magistral gaz quvurlari va gaz taqsimlash tarmoqlari orqali tabiiy gazni qabul qilish, tashish va yetkazib berishda me'yordan ortiqcha yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yish;

k) gaz ta'minoti korxonalari texnik shartlarisiz qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;

l) loyihalashtirishga texnik shartlarsiz obektlarda qurilish loyihalari asosida bajarilgan, rekonstruksiya qilingan va texnik qayta jihozlangan yoqilg‘i ishlatuvchi jihozlar (qurilmalar)da gazdan foydalanish.

Quyida keltirilganlar elektr va issiqlik energiyasini yetkazib berish va undan oqilona va samarali foydalanishdagi qoidabuzilishlar hisoblanadi:

a) hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va/yoki elektr energiyasi iste'molchilari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida ko‘zda tutilgan qoidabuzarliklar;

b) iste'molchilar tomonidan o‘z elektr qurilmalarini yagona elektr energetikasi tizimi elektr tarmoqlariga tegishli shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan ulanib olishlari;

v) korxonalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarish zaruriyati bo‘lmagan holda elektr uskunalarning samarasiz yoki salt ishlash rejim holatida ishlashida, behuda ishlatilishi oqibatida energiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, reaktiv quvvat kompensatsiyasi vositalarining ishlash rejimi buzilishi yoki unga rioya qilmaslik;

g) hisob-kitoblar amalga oshiriladigan elektr energiyasini hisobga olish qilish Hududiy sxemasining buzilishi yoki o‘zgartirilishi;

d) elektr bilan yoritishdan ishlab chiqarish zaruratisiz qonunchilikka muvofiq belgilangan normalardan ortiq foydalanish, shuningdek kunning yorug‘ vaqtida elektr yoritgichlar bilan hududni maqsadsiz yoritib qo‘yish;

ye) elektr energetikasi korxonalari va elektr energiyasi iste'molchilari elektr qurilmalarining uskunalari va elektr tarmoqlarining amaldagi belgilangan Elektr qurilmalarning texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari talablariga javob bermaydigan qoniqarsiz texnik holatida, shuningdek, elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda va texnik holatidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya”ning yozma ko‘rsatmalarini muntazam bajarilmaslik;

j) iste'molchi elektr qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi yuzasidan to‘g‘risida “O‘zenergoinspeksiya”ning xulosasi bo‘lmay turib, ta'minotchi tomonidan elektr ta'minoti shartnomasini tuzilishi va elektr energiyasi yetkazib berilishi;

z) hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan yetkazib beriladigan elektr energiyasining normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan sifat ko‘rsatkichlarining buzilishi yomonlashuvi.

Quyida keltirilganlar issiqlik energiyasini yetkazib berish va foydalanishdagi qoidabuzarliklar hisoblanadi:

a) issiqlik ta'minoti tashkilotlari va/yoki issiqlik energiyasi iste'molchilari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarida ko‘zda tutilgan qoidabuzarliklar;

b) iste'molchilar tomonidan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini issiqlik ta'minoti korxonalari tarmoqlariga tegishli shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan ulanib olinishida;

v) bug‘ kondensatining shartnomada ko‘rsatilgan miqdorida qaytarilmasligi, normativ hujjatlarda va issiqlik energiyasidan foydalanish bo‘yicha shartnomasida ko‘zda tutilgan me'yorlarga javob bermasa;

g) isitish tarmoqlaridan suvning to‘kib yuborilishi, izolyatsiyaning buzilishi va issiqlik-bug‘ quvurlari, issiqlik tarmoqlaridan, sanoat korxonalari va tashkilotlarining issiqlik ishlatiladigan asbob-uskunalardan izolyatsiyasiz foydalanish;

d) korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda siqilgan havo, suv, bug‘ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, shuningdek, kondensatning oqizib yuborilishi, issiqlik tarmoqlarini suvga bostirib yuborilishi;

ye) siqilgan havo, suv, bug‘ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, bug‘ kondensatining oqizib yuborilishiga tenglashtiriladi, issiqlik tarmoqlarini suvga bostirilishi;

j) issiqlik energiyasini hisob-kitob qilish sxemasining buzilishi yoki o‘zgartirilishi;

z) issiqlik uskunalari va isitish tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan talablarga javob bermaydigan issiqlik uskunalari va isitish tarmoqlarining qoniqarsiz texnik holati, “O‘zenergoinspeksiya”ning ko‘rsatmalariga muntazam ravishda rioya qilmaslik, issiqlikdan foydalanadigan qurilmalar va issiqlik tarmoqlarining ishlashi va texnik holatidagi kamchiliklarni bartaraf etish;

i) iste'molchi issiqlik qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi to‘g‘risida “O‘zenergoinspeksiya”ning xulosasi bo‘lmay turib, ta'minotchi tomonidan issiqlik ta'minoti shartnomasini tuzilishi va issiqlik energiyasi yetkazib berilishi;

k) issiqlik ta'minoti korxonasi tomonidan yetkazib beriladigan issiqlik energiyasining normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan sifat ko‘rsatkichi yomonlashuvi.

Energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlar ishlab chiqarish.

Mavjud ikkilamchi energiya resurslari va/yoki qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning belgilangan ulushini ta'minlamaslik.

Sertifikatlanmagan energiya uskunalari (elektr uskunalari va/yoki issiqlikdan foydalanuvchi uskunalari), tarmoq elementlari va energiya ta'minoti tizimlaridan (elektr va/yoki issiqlik ta'minoti) foydalanish.

Texnologik jarayonlarda ko‘p energiya sarf qiladigan samarasiz energiya uskunalaridan foydalanish, yoritish uchun ishlatiladigan cho‘g‘lanma lampalarni energiya tejaydigan lampalarga almashtirishni bajarmaslik.

Yoqilg‘i-energetika resurslari iste'molchilarining energetika tekshiruvlari va ekspertizasini o‘tkazish qoidalarini buzish hamda majburiy energiya tekshiruvlari natijasida tayyorlangan energiya auditorlarining tavsiyalarini bajarmaslik.

Top