22:30 / 19.09.2020
10262
Beyl va Regilon «Tottenhem»ga o‘tdi

«Real Madrid»ning ikki futbolchisi – Garet Beyl hamda Serxio Regilon «Tottenhem»ga o‘tishdi.

31 yoshli Garet Beyl 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida London klubida o‘tkazadi. U yangi jamoasida 9-raqamni tanladi.

Beyl «Tottenhem»da 2007 yildan 2013 yilgacha o‘ynagan, so‘ng 100 mln yevro evaziga «Real»ga o‘tgan.

Shuningdek, «Real»ning yana bir futbolchisi – 23 yoshli Serxio Regilon ham «Tottenhem» tarkibiga o‘tdi. Ispaniyalik himoyachi «shporlar» bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan bitim imzoladi.

Xabar qilinishicha, londonliklar Regilon uchun 30 mln yevro to‘lashdi. 

Shuningdek, shartnomada «qaymoqranglilar» Regilonni 40-45 mln yevro evaziga qaytarib olishlari mumkinligi ham ko‘zda tutilgan. 

Regilon o‘tgan mavsumni «Sevilya»da ijarada o‘tkazib, jamoa bilan Yevropa Ligasida g‘olib bo‘ldi. La Liga doirasida esa 31ta o‘yinda 2ta gol urdi.

Top