14:11 / 19.09.2020
4669

Buyuk Britaniya bosh vaziri koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanayotganini e'lon qildi

Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanishning yangi to‘lqini "Fransiya, Ispaniya, butun Yevropa"da boshlandi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanayotganini e'lon qildi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

 "Hozirda ikkinchi to‘lqin bilan to‘qnash kelyapmiz. Bunga mamlakatimizda to‘qnash kelyapmiz", - dedi Jonson.

Uning qo‘shimcha qilishicha, COVID-19 bilan kasallanishning yangi to‘lqini "Fransiya, Ispaniya, butun Yevropa"da boshlandi.

Ammo Jonson hukumat "vaziyatni nazorat ostida ushlab turgani"ni aytdi.

Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 386 mingga yaqinlashgan. Oxirgi sutkada yana 4322 kishida virus aniqlangan. Mamlakatda virusdan vafot etganlar soni 41,5 mingdan oshgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top