00:03 / 19.09.2020
34739
Koronavirus: Toshkentda bir kunda 420 nafar yangi bemor aniqlandi

18 sentabr kuni O‘zbekistonda 617 kishida koronavirus aniqlanib, 553 kishi tuzalgani tasdiqlandi. Kunlik o‘sish 10 sentyabrdan buyon ilk marta, so‘nggi bir oy ichida esa ikkinchi marta 600dan oshdi.

Rasmiy statistikada jami holatlar 50 mingdan ortdi: hozirgacha 50 378 kishida koronavirus aniqlanib, ulardan 46 645 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 6 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 421 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+617)

617ta yangi holat 8ta hududga to‘g‘ri keladi. Birgina Toshkent shahrida 420 nafar bemor qayd etildi.

  • Toshkent shahri – 420
  • Toshkent viloyati – 123
  • Buxoro viloyati – 21
  • Samarqand viloyati – 14
  • Namangan viloyati – 12
  • Navoiy viloyati – 11
  • Andijon viloyati – 10
  • Qashqadaryo viloyati – 6

Tuzalganlar (+553)

Jami 50 378 bemordan 46 645 nafari tuzalib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahri – 331
  • Toshkent viloyati – 124
  • Namangan viloyati – 51
  • Buxoro viloyati – 23
  • Andijon viloyati – 13
  • Navoiy viloyati – 7
  • Qashqadaryo viloyati – 4

O‘lim holatlari (+6)

Termiz shahrida yashagan 36 yoshli erkak koronavirus asoratlaridan vafot etdi. 18 sentyabrda qayd etilgan 6ta o‘lim holatidan 4tasi Toshkent viloyati bilan bog‘liq.

  • Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan 78 yoshli O.Sh. (ayol)
  • Termiz shahrida yashagan 36 yoshli S.V. (erkak)
  • Shayxontohur tumanida yashagan 83 yoshli T.M. (erkak)
  • Zangiota tumanida yashagan 42 yoshli D.M. (ayol)
  • Bo‘stonliq tumanida yashagan 71 yoshli A.T. (erkak)
  • Bo‘stonlik tumanida yashagan 41 yoshli D.Ya. (ayol)

Ayni paytda O‘zbekistonda 3 312 nafar bemor COVID-19'dan davolanmoqda. Ulardan 489 nafari og‘ir, 254 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top