08:16 / 19.09.2020
9611

«Yer osti boyliklar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi

Qonunning maqsadi O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va jamiyat boy bo‘lishi, shuningdek, yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish uchun respublika mineral xomashyo bazasini barqaror rivojlanishini ta'minlash hisoblanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Yer osti boyliklar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qonunning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

yer osti boyliklari davlat mulki ekanligi huquqini himoya qilish;

O‘zbekiston Respublikasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish;

yer osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;

yer osti boyliklaridan oqilona va ehtiyotkor foydalanishni ta'minlash;

yer osti boyliklaridan foydalanishda olib borilayotgan ishlar xavfsizligini, atrof muhit va yer osti boyliklarini muhofaza qilishni ta'minlash;

yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar huquqi va davlat manfaatlariga rioya qilish;

yer osti boyliklaridan foydalanish barqaror rivojlanishi uchun huquqiy asoslarni ta'minlash;

yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish;

yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida qonuniylikni mustahkamlash.

Yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida munosabatlarni tartibga solish quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

yer osti boyliklari davlat fondini oqilona boshqarish prinsipi;

yer osti boyliklaridan foydalanishda ekologik xavfsizlikni ta'minlash prinsipi;

yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida ma'lumotlardan foydalanish ochiqligi prinsipi;

yer osti boyliklaridan foydalanishning pullilik prinsipi;

yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarining vijdonlilik prinsipi;

yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari barqarorligi prinsipi.
 
Yer osti boyliklari davlat fondini oqilona boshqarish davlatni iqtisodiy o‘sishi va jamiyatni boyitish maqsadida yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini taqdim etish bilan ta'minlanadi. 
 
Yer osti boyliklaridan foydalanishda konlarni ifloslanishini oldini olish, atrof-muhit va tabiiy resurslarga zararli ta'sirni pasaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ko‘rish bilan ekologik xavfsiz usullar yordamida amalga oshirilishi kerak.

Yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida ma'lumotlardan foydalanish ochiq hisoblanadi. Davlat quyidagi ma'lumotlarga ochiqlikni ta'minlashi lozim:

O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari haqidagi qonunchiligi bilan muvofiqlikda tartibga solinadigan ma'lumotlardan tashqari geologik ma'lumotlarga;

yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini taqdim etish bo‘yicha tanlovlar haqidagi ma'lumotlarga;

yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini taqdim etish va bekor qilish haqida davlat organlarining qarorlarga;

yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi haqidagi axborotlarga (ularning turlari hisobi bilan).

Qiziqqan shaxslar yer osti boyliklari sohasidagi axborotlardan bepul foydalanish huquqiga egalar.

Top