14:15 / 21.09.2020
2267
2019-2020 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarida 1811 nafar fan doktorlari dars bergan

2019-2020 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarida 6401 nafar fan nomzodlari, 4645 nafar dotsentlar, 1811 nafar fan doktorlari va 1326 nafar professorlar faoliyat yuritgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarida 2019 yilda jami 30,5 ming nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich 26,7 ming nafarni tashkil etgan.

Mazkur professor-o‘qituvchilarning jinsi bo‘yicha e'tibor qaratadigan bo‘lsak, 43,2 foizi ayollar va 56,8 foizi erkaklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2019-2020 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarida 6401 nafar fan nomzodlari, 4645 nafar dotsentlar, 1811 nafar fan doktorlari va 1326 nafar professorlar faoliyat yuritgan.

Top