11:21 / 21.09.2020
3911
Hindistonda 3 qavatli uy qulab tushishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Bxivandi shahrida (Maxarashtra shtati) 3 qavatli turar-joy binosining qulab tushishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida 25 kishi qolgan, ulardan kamida 10 nafari halok bo‘lgan. 31 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va politsiya ish olib borgan. 
 
Uy mahalliy vaqt bilan soat 4lar atrofida qulab tushgan. Uy 40 yil avval qurilgan bo‘lgan va unda 20taga yaqin oila yashagan.

The Times of India nashrining xabar berishicha, uy eski bo‘lgani sababli xavfli binolar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lgan va mahalliy idoralar uni bo‘shatish haqida ogohlantirish berishgan.

Top