21:03 / 21.09.2020
5061
Mehnat inspeksiyasi: Budjet tashkiloti xodimi ishdan bo‘sh vaqtida paxta terimiga ixtiyoriy chiqishi mumkin

Paxta terimi mavsumida mahalladagi ishsiz fuqarolar va budjet tashkilotlari xodimlari qo‘shimcha daromad topish maqsadida o‘z ixtiyoriga ko‘ra terimda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi bosh davlat mehnat huquqi inspektori Gulruh Niyozmetova ma'lumot berdi.

Inspektorning aytishicha, mahalladagi ishsizlar paxta mavsumida qo‘shimcha daromad qilish uchun faqat o‘z ixtiyoriga ko‘ra paxta terimiga jalb qilinishi mumkin. Bunda paxtaga jalb qilinayotgan mahallaning ishsiz fuqarolariga paxtaga chiqish bo‘yicha barcha mehnat sharoitlari, ya'ni paxta puli, yotoq puli, ish haqining berilish tartibi va boshqalar haqida oldindan ma'lumot berilishi kerak.

«Ishsiz fuqarolardan tashqari, budjyet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ham ishdan bo‘sh vaqtlarida, ya'ni shanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha daromad topish maqsadida o‘z xohishlariga ko‘ra paxta terimida qatnashishlari mumkin», – dedi Gulruh Niyozmetova 21 sentabr kungi brifingda.

Top