19:35 / 21.09.2020
9872

Qo‘qon shahar IIO FMBga yangi boshliq tayinlandi

Polkovnik Farhod Fattahovich Hasanov Qo‘qon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar F.Hasanov Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Farhod Hasanov

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil fevralidan buyon Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Muhiddin Jo‘rayev 20 sentabr kuni Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 

Mavzuga oid
Top