19:08 / 21.09.2020
10775
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘sh qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylov natijasi e'lon qilindi

20 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘sh qolgan beshta deputatlik o‘rinlari uchun qayta saylov jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylovda natijasi e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, beshta partiya bittadan saylov okrugida g‘olib chiqqan.

Nukus shahri bo‘yicha saylovlarda «Adolat» SDP nomzodi Gulxatsha Aymanovna Ayimbetova («Ayqulash» qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli vokal artisti) g‘alaba qozongan.

Ellikqal'a tumani bo‘yicha saylovlarda O‘zLiDeP vakili Bayrambay Perdebayevich Otemuratov (Nukus davlat pedagogika instituti rektori) g‘olib bo‘lgan.

Beruniy tumani bo‘yicha saylovlarda O‘zXDP vakili Adilbek Ruzimuxammadovich Reimbayev (Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i o‘rinbosari), Qo‘ng‘irot tumani bo‘yicha saylovlarda «Milliy tiklanish» partiyasidan nomzod bo‘lgan Paxratdin Yuldashevich Aytjanov («Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJ kapital qurilish bo‘limi boshlig‘i), Qorao‘zak tumani bo‘yicha saylovlarda Ekopartiya nomzodi Kamalov Murat Qallibekovich (O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori) g‘olib chiqqan.

Avgust oyi oxirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida 65 nafar deputatlik o‘rnidan 5tasi bo‘shab qolgani xabar qilingandi.

  • Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovda 24 iyun kuni koronavirus aniqlangan. U Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Qoraqalpog‘iston SSV axborotiga ko‘ra, Musa Yerniyazov bir oy og‘ir ahvolda bo‘lgan. 31 iyul kuni esa Musa Yerniyazov vafot etdi.
Top