12:30 / 21.09.2020
21737
Reklama

realme C11 sotuvi boshlandi – har tomonlama qulay va ko‘p imkoniyatlarga ega smartfon

Ko‘pincha, avvalo farzandingiz uchun, ikkinchi navbatda esa o‘zingiz uchun yaxshi va arzon smartfonni tanlash kerak bo‘ladi. U har qanday vaziyatda omon qoladigan ishonchli yordamchi va hamroh bo‘la olishi zarur.

O‘zbekiston gadjetlar bozori shunday holatlar uchun uzoq kutilgan smartfon bilan boyimoqda: realme smartfon brendi mamlakat do‘konlarini yangi modellar bilan to‘ldirdi. Yuqori sifatli va arzon smartfonlarni qadrlovchilar endi quyidagi qurilmalarni sotib olishlari mumkin: realme C11, realme X3 va realme 6 Pro, shuningdek realme Buds Air va realme Buds Air Neo simsiz quloqchinlari.

realme C11: batareyalar qiroli

realme C11 - funksional va qulayliklariga nisbatan qimmat bo‘lmagan smartfon, uning afzalliklari: katta va yorqin displey, ikkilangan kamera va 5000 mA/soat quvvatga ega kuchli akkumulyator.

Qurilma 2,3 GGs chastota, 2 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotiraga ega, Helio G35 protsessori bilan jihozlangan. Uskunada microSD karta uchun tirqich mavjud. Operatsion tizim sifatida avvaldan o‘rnatilgan Android 10 ishlaydi.

realme C11'ning asosiy afzalligi 5000 mA/soat quvvatga ega bo‘lgan ajoyib avtonomligidir. Ushbu imkoniyat smartfon orqali 23 soat davomida Full HD sifatli filmni samolyot rejimida o‘rtacha yorqinlikda ko‘rish uchun yetarli bo‘ladi. PUBG o‘yinini maksimal yorqinlikda 8 soat davomida to‘xtovsiz o‘ynash mumkin.

Smartfon 5 megapikselli old kameraga ega. Orqa modul 13 Mp asosiy sensor, 2 Mp chuqurlik sensori va LED chirog‘ini o‘z ichiga oladi. Telefon quloqchinlar uchun mo‘ljallangan 3,5 mm tirqichi bilan sizni quvontiradi.

C11 ikki ajoyib rangda taqdim etilgan: yalpiz-yashil va murch-kulrang tusida. Savdolarning boshlanishi sharafiga realme Mediapark bilan birgalikda 24-sentabr kuni smartfonga 20 foiz chegirma bilan ikkinchi onlayn flesh-savdoni boshlaydi. Chegirmali savdolarning birinchisi o‘tgan hafta bo‘lib o‘tdi va xaridorlar 6 minut ichida 100 ta smartfon sotib olishdi.

realme X3 SuperZoom: 60 karra zum va 120 gigagersli displeyga ega smartfon

Smartfonning nomi uning xususiyatlarini to‘liq ifodalaydi: realme X3 SuperZoom'ning asosiy xususiyati bu yaqin vaqtgacha faqat qimmatbaho flagman qurilmalarida ishlatilgan periskop zum-obektividir.

Kamera raqamli bilan bir qatorda, 5 karra optik yaqinlashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi, 6,6 dyuymli ekran esa 120 Gs chastotaga ega. Telefon samaradorligi uchun flagman sinfining 8 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotira bilan boyitilgan Snapdragon 855+ so‘nggi chipi javobgardir. Kompaniya o‘zining DArt 30W texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 4200 mA/soat kuchga ega akkumulyatorini taqdim qilgan, u orqali smartfon 55 daqiqada to‘liq zaryadlanadi.

realme X3 SuperZoom smartfonining old kamerasi ikkita sensor bilan jihozlangan: 8 va 32 megapiksel, asosiy kamera esa 4ta datchikdan iborat: mos ravishda 2, 8, 8 va 64 megapiksel. 64 Mp flagman moduli kameraga suratlarni 9280×6944 hajmida olish imkonini beradi, bu 4K'dan to‘rt baravar ko‘p.

Ko‘pgina realme smartfonlar singari, X3 SuperZoom'dagi kamera modullari ham portret va makrosuratlar olish xususiyatiga ega, ultra keng burchakli modul esa ko‘rish burchagini 119°gacha oshiradi.

Flagmanning o‘ziga xos xususiyati – bu maxsus ishlab chiqilgan «Yulduzli osmon» rejimi bo‘lib, u mobil fotosurat ixlosmandlari ko‘nglidan joy oladi.

realme X3 SuperZoom korpusi yuqori aniqlikda silliqlash texnologiyasidan foydalanib ishlangan shishadan yasalgan va qurilmaga mukammal oleofobik xususiyatlarni taqdim etuvchi maxsus qoplama bilan qoplangan.

Yangi smartfon shahar do‘konlarida allaqachon sotuvda, tavsiya etilgan narx – 4.952.000 so‘m.

Ushbu smartfonni shahar do‘konlaridan xarid qilish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top