10:13 / 22.09.2020
25968

O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari hajmi ma'lum qilindi

O‘zbekistonning «xavfsizlik yostiqchasi» hajmi 34,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari statistikasini yangiladi.

2020 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 34,6 mlrd dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor oltin (18,8 mlrd dollar) va xorijiy valutadagi zaxira aktivlar (15,4 mlrd dollar) o‘rtasida taqsimlangan.

Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» deb ham hisoblanadi - ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.

O‘zbekiston 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma'lum bo‘ldi. Bu xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘p.

Bundan oldin, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi 34 mlrd dollardan oshgani xabar qilingandi.

Top