08:49 / 22.09.2020
3557
Seoul Mun: biznes rivoji uchun uch darajali savdo joylari

Seoul Mun («Seul darvozasi») – dam olish, xaridlar qilish va biznesni rivojlantirish uchun yangi makon bo‘lishiga mo‘ljallangan poytaxt markazidagi yirik loyiha. Bo‘rijar kanalining ikki tomonida joylashgan Seoul Mun loyihasining umumiy uzunligi 700 metrni tashkil etadi va 3 km ichki piyodalar yo‘lagiga ega. Kanal qirg‘og‘ida qad rostlagan uch qavatli binoda tadbirkorlarga 40 dan 1000 m² gacha bo‘lgan 240 xil formatdagi joylar taqdim etiladi.

Tijorat ko‘chmas mulki sohasidagi jahon ekspertlari – Knight Frank va Cushman & Wakefield bilan birgalikda restoran, butiklar, savdo va boshqa turdagi bizneslarni tashkil qilish uchun savdo maydonlarining beshta asosiy turi ishlab chiqilgan.

“A” darajasi – suv bo‘yidagi eng quyi darajadir. Suvga yaqin joylashganligi va sayr xiyobonlari tufayli bu hudud tez orada poytaxtning sayr markaziga aylanadi. Bu daraja shunday rejalashtirilganki, bu yerda tashrif buyuruvchilarning katta oqimi eng yirik savdo do‘konlari – katta do‘konlar va ko‘ngilochar zonalar o‘rtasida joylashgan kichik savdo do‘konlari va kafelarning mahsulot va xizmatlariga bo‘lgan talabni maksimal darajada oshiradi.

“B” darajasi – bu 1 kilometrdan uzunroq piyodalar uzluksiz harakatlanish yo‘lagi. Ushbu zona umumiy ovqatlanish nuqtalari, savdo do‘konlari, butiklar va o‘yin maydonchalarini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan. “A” darajasiga nisbatan piyodalarni sokin harakati bilan ajralib turadi. “B” darajasi – bu sizning sevimli do‘koningizga tashrif buyurish yoki kafeda do‘stlaringiz davrasida vaqtingizni yaxshi o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat.

Tijorat binolarining uchinchi darajasi yo‘l bilan barobar darajada joylashgan. Bu loyihaning tashrif qog‘ozi, ya'ni eng o‘zgacha qavati. Keng, ochiq terassalari mavjud katta restoran va kafelar joylashgan bo‘lib, ulardan kanal qirg‘og‘ining betakror manzarasi ko‘rinib turadi. Maxsus avtomobil to‘xtash joyi mehmonlarga boshqa jamoat joylariga tashrif buyurish ehtiyojini chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri restoranga kirishga imkon beradi. Tanlangan darajadan qat'iy nazar, umumiy ovqatlanish nuqtalarining har qanday formatlari uchun yaxshi o‘ylangan yechimlar, havo almashinuvini hisobga olgan holda shamollatish tizimi o‘rnatiladi.

Tijorat maydonining 3 qavati, ikkala tomoni va 5 darajali avtoturargoh yo‘lovchi liftlari, eskalatorlar, zinapoyalar, piyodalar o‘tish joylari va ko‘prik bilan o‘zaro bog‘langan.

Yozning oxirida Seoul Mun'ning janubiy-g‘arbiy sohilidagi joylarni savdosi boshlandi. Dream City Development kompaniyasi ofisida siz uchun bu maskanning ixcham modeli taqdim etilgan, hamda sotuv ofisi menejyerlari o‘ziga xos savdo ko‘chmas mulkini sotib olishning foydali taklif va shartlari bilan tanishtirishga tayyor.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni seoulmun.uz saytiga tashrif buyurib so‘rov qoldirib yoki quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: +99871-202-22-22

Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: www.seoulmun.uz

Telegram: www.t.me/dreamcityuz

Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top