22:54 / 22.09.2020
2159

Yevrokengash sammiti uning rahbari karantinga ketgani sababli bir haftaga qoldirildi

Yevrokengash raisi Sharl Mishel o‘z qo‘riqchilaridan biri koronavirusga chalingani sababli karantinga ketishga majbur bo‘ldi. Shu sababli Yevrokengashning 24-25 sentyabrga belgilangan sammiti bir haftaga qoldirildi. 

Foto: Reuters

Mishelning matbuot kotibi Barend Leytsning ta'kidlashicha, Yevrokengash rahbari muntazam ravishda koronavirusga tahlil topshirmoqda va uning oxirgi topshirgan testi manfiy chiqqan. Mishel o‘z qo‘riqchilaridan birida koronavirus aniqlangach, Belgiya qoidalariga rioya qilgan holda karantinga chiqqan.

Shu sababli Yevrokengash sammiti o‘tkazilishi 1-2 oktbyar kunlariga ko‘chirilgan. 

Top