07:49 / 23.09.2020
6146

AQSh vitse-prezidenti samolyoti qushlar bilan to‘qnashuvdan keyin ortga qaytdi

Foto: JOAQUIN SARMIENTO / AFP

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens samolyoti qushlar bilan to‘qnashuvdan keyin Manchester aeroportiga (Nyu-Gempshir shtati) qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib The Hill nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, favqulodda vaziyat samolyot havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay yuz bergan. Samolyot ehtiyot chorasi sifatida aeroportga qaytarilgan. 

Pens Gilford shahrida AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp qo‘llab-quvvatlangan namoyishda ishtirok etgandan keyin Vashingtonga qaytayotgan bo‘lgan.   

Pens va uning jamoasi uchish aeroportiga qaytgach, yuk samolyotida Vashingtonga yo‘l olgan. 

Mavzuga oid
Top