00:20 / 23.09.2020
4334
AQShda koronavirus qurbonlari soni 200 mingdan oshdi
Foto: Reuters

AQShda koronavirus infeksiyasi qurbonlari soni 200 mingdan oshdi. Bunday ma'lumotlar Jon Hopkins universiteti saytida keltirildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 6,89 mlndan ko‘proqni, virusdan vafot etganlar soni 200 ming 724 nafarni tashkil qilmoqda. 

AQSh kasallanishlar va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallamoqda.     

Infeksiyadan o‘limlar soni bo‘yicha Braziliya 137 mingta o‘lim holati bilan 2-o‘rinni, Hindiston 88,9 mingta o‘lim holati bilan 3-o‘rinni egallamoqda.  

Top