17:11 / 23.09.2020
8059

Belarusga Polsha mahsulotlari kiritilmayapti – OAV

Qayd etilishicha, bu "Belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlagani uchun polshaliklarga berilgan jazo".

Foto: RIA Novosti

Polsha mahsulotlari Belarusga kiritilmayapti, deb xabar berdi Polshaning Wyborcza gazetasi.

"Kechadan buyon Belarus bojxonasi Polsha bilan chegarada mislsiz tekshiruv o‘tkazmoqda. Belarus hududiga Polshada ishlab chiqarilgan hech qanday mahsulotni olib kirish mumkin emas", - deyiladi xabarda.

 Nashrning yozishicha, bojxonachilar o‘z harakatlariga hech qanday izoh berishmayapti.

Gazetaning fikricha, bu "Belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlagani uchun polshaliklarga berilgan jazo bo‘lishi kerak".

"Belarus Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan Bojxona ittifoqiga kiradi. Chegaradagi har qanday qo‘shimcha cheklovlar ushbu davlatlar tomonidan va barcha chegaralarda qabul qilinishi lozim. Polsha mahsulotlari faqat Polsha-Belarus chegarasidagina o‘tkazilmayapti", - deya qayd etadi nashr.

 Avvalroq Aleksandr Lukashenko Belarus Ukraina, Litva va Polsha bilan chegaralarini yopishini e'lon qilgandi.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top