11:06 / 23.09.2020
2570
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasidan E-Ijro auksion'ga chiqarilgan obektlarni e'lon qildi

Kelgusida Ellikqal'a tumani, qoq cho‘lning o‘rtasida marvariddek tovlanib turgan Aqchako‘l atrofida turizm infratuzulmasini yaratish, plyajlar, ovqatlanish joylari, velotrek, ko‘lda baliq va o‘rdak ovlash, ko‘l bo‘ylab sayr uchun qayiqlar xizmatini tashkil etish kabi rejalar amalga oshirilishi belgilangan. 

Shu bois, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Jozibador va xushmanzara ko‘l bo‘yidagi “Aqchako‘l oromgohi” majmuasi uchun ommaviy savdolarda ishtirok etish mumkin.

Majmua 18 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, davolash poliklinikasi va 10 ta mehmon uylaridan iborat. 

Shuningdek, tadbirkorlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi obektlarni “tayyor biznes” sifatida taklif qilish maqsadida shahar va tumanlarda joylashgan “Yog‘gar”, “Turon xo‘jyeli”, “Nukus polimer” va “Ustyurt qidiruv-burg‘ulash boshqarmasi” kabi yirik sanoat korxonalaridagi davlat ulushlari ommaviy savdolarga chiqarildi. 

Bundan tashqari, Ellikqal'a va Qo‘ng‘irot tumanlaridagi “Bo‘rdoqichilik” komplekslari, Qo‘ng‘irot soda zavodining “Mehmonxona” binosi, Taxiatosh tumanida joylashgan “Parrandachilik” komplekslari kabi yirik obektlar ham ommaviy savdolarga chiqarilmoqda.

Shu bilan birga, yana 110 ta ko‘chmas mulk obekti ommaviy savdolarga qo‘yiladi.

Hurmatli tadbirkorlar! O‘z biznesingizni davlat aktivlaridan foydalangan holda boshlang! Mazkur aktivlar savdolari haqida uyingizdan chiqmagan holda tanishishingiz va savdolarda onlayn qatnashishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefonlar: 71 259-21-39, 61 222-02-75

Sayt: privatization.davaktiv.uz, e-auksion.uz

Reklama huquqi asosida

Top