15:41 / 23.09.2020
3809

Poytaxtda Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga o‘tuvchi ayrim yo‘llar vaqtincha yopilmoqda

Joriy yilning 23 sentabr kuni soat 23:00dan 10 oktabr kuniga qadar poytaxtda Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga Istiqbol, Nukus va KHAY ko‘chalaridan o‘tish yo‘llari yopiq bo‘ladi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunga ta'mirlash ishlari sababdir. 

Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

Mavzuga oid
Top