16:50 / 23.09.2020
62344

Rahmat Mamatov va uning o‘rinbocarlari koronavirusga chalindi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov hamda uning ikki o‘rinbosari - Botir Parpiyev va Azizbek Ikromovda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Vazirlik matbuot xizmati bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz’ga tasdiqladi.

Rahmat Mamatov, Azizbek Ikromov va Botir Parpiyev

Ma'lum bo‘lishicha, ayni paytda vazir va uning ikki o‘rinbosari O‘zbekiston prezidenti ma'muriyati huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-sonli markaziy klinik kasalxonasida davolanmoqda. 

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda vazir va uning o‘rinbosarlarining ahvoli shifokorlar tomonidan qoniqarli deb baholanmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, iyul oyida vazirning birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma'rufovada ham koronavirus infeksiyasi kasalligi aniqlangan va davolanishga yotgandi. Ayni vaqtda u ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top