20:36 / 23.09.2020
10459
Time dunyoning eng nufuzli insonlari reytingini taqdim qildi

Time dunyoning eng nufuzli insonlarining navbatdagi reytingini tuzdi. Ro‘yxatdan 100 kishi joy olgan. E'tiborlisi, bu safar ham reytingga Rossiya prezidenti Vladimir Putin kiritilmagan, biroq unda Uhan virusologiya institutining yetakchi mutaxassislaridan biri  Shi Chjenli paydo bo‘lgan. 

Foto: time.com

Ro‘yxatdan siyosatchilar, sportchilar, olimlar, shou-biznes yulduzlari, huquq himoyachilari va boshqalar joy olgan. Ular “Titanlar”, “Novatorlar”, “San'at namoyandalari”, “Yetakchilar”, “Kumirlar” kabi toifalarga bo‘lingan. 

“Yetakchilar” toifasiga Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning saylovlar bo‘yicha raqibi Jo Bayden, Xitoy raisi Si Tszinpin, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen, AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, Parij meri Ann Idalgo, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus, AQSh bosh prokurori Uilyam Barr, AQShning allegrik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi va boshqalar kiritilgan.

Time “Titanlar”ga Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshanni, Google bosh direktori Sundar Pichaini, dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skottni, Xalqaro valuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyevani, “Formula-1” avtopoygalarining 6 karra chempioni Lyuis Hemiltonni kiritgan.

“Novatorlar” toifasidan NASA astronavtlari Jyessika Meyr va Kristina Kuk, Uhan virusologiya institutining yetakchi virusologlaridan biri Shi Chjenli va boshqa kishilar joy olgan.

“San'at namoyandalari”ga “Parazitlar” filmi uchun 2020 yilgi “Oskar” mukofotining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan janubiy koreyalik rejissyor Pon Chjun Xo, xonanda Selena Gomez, violonchelchi Yo Yo Ma va boshqalar kiritilgan.

“Kumirlar” toifasida esa irqchilikka qarshi Black Lives Matter harakati asoschilari, huquq himoyachisi Anjyela Devis, tennischi Naomi Osaka va boshqalar taqdim etilgan.

Top