08:30 / 24.09.2020
4801
Afg‘onistonda “Tolibon” jangarilari hujumi oqibatida 28 politsiyachi halok bo‘ldi   

Afg‘oniston janubida “Tolibon” jangarilari hujumi oqibatida kamida 28 politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda g‘arb ommaviy axborot vositalari xabar berdi.    

Afg‘oniston ichki ishlar vazirligida politsiyachilarning halok bo‘lishi tafsilotlariga izoh berishdan bosh tortildi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, politsiyachilar qatl etilgan bo‘lishi mumkin. 

Voqea O‘ruzg‘on viloyatining G‘izob tumanida yuz bergan. Bu yerda bir necha kundan beri jangovar harakatlar davom etmoqda.

Avvalroq Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” vakillari o‘rtasida muzokaralar boshlangan edi. Muzokaralarda muhokama qilinadigan asosiy mavzular Afg‘onistonda uzoq muddatga o‘t ochishni to‘xtatish va ixtilofni siyosiy yo‘l bilan hal qilish hisoblanadi.

Top