16:30 / 24.09.2020
4200
Artel kompaniyasi Turkmanistonga 1 mln AQSh dollaridan ortiq miqdordagi maishiy texnika eksport qildi

Artel kompaniyasi Turkmanistonga 1 million AQSh dollaridan ortiq miqdordagi maishiy texnika eksport qildi. Yilning oxirigacha bu ko‘rsatkichni yanada ko‘tarish mo‘ljallashtirilgan.

O‘zbekiston va Turkmaniston ko‘p yillik do‘stona aloqalarga ega. Iqtisodiy hamkorlik va tashqi siyosatdagi hamfikrlik ushbu aloqalarni yanada mustahkamlaydi. Ma'naviy-madaniy o‘xshashlik va an'analar o‘xshashligi tufayli esa ikki davlat aholisi bir-biriga xuddi qardoshdek. Bunday yaqinlik savdo-sotiq munosabatlarini rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Buning yorqin misoli Artel kompaniyasidir.

Artel maishiy texnikasi Turkmanistonga 3 yildan beri eksport qilinadi va qo‘shni davlatda katta talabga ega. Ta'kidlash lozimki, bu yildagi pandemiya va qiyin iqtisodiy vaziyatga qaramay, Artel va Turkmaniston orasidagi munosabatlar yanada mustahkamlashdi. Hozirgi vaqtda qo‘shni davlatga 1 million AQSh dollaridan ortiq miqdordagi kichik va yirik maishiy texnika eksport qilindi. Yilning oxirigacha bu ko‘rsatkich 1,4 million AQSh dollarigacha ko‘tarilishi rejalashtirilgan. Turkmanistonga yuborilgan maishiy texnika orasida konditsionerlar, elektr suv isitgichlari hamda televizorlar eng katta talabga ega.

Chet el iste'molchilarining Artel maishiy texnikaga bo‘lgan hurmati yildan yilga oshib bormoqda. Buning sababi birinchi navbatda kompaniya mahsulotlarining yuqori sifati va hamyonbopligidadir. Iste'molchilar talabini hisobga olgan holda Artel eksport hududini kengaytirishni davom ettirmoqda va yaqin kunlarda yana bir nechta hamkorlik kelishuvlarini imzolashni rejalashtirgan.

Reklama huquqi asosida

Top