23:40 / 24.09.2020
3697
Google xaritalariga hududlarda koronavirus tarqalganligini ko‘rsatuvchi ma'lumotlar qo‘shildi
Foto: Google

Google xaritalarida muayyan hududda koronavirus tarqalganligini ko‘rsatuvchi yangi funksiya paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar ushbu funksiyani yoqib, muayyan hududda 100 ming kishiga nechta koronavirusga chalinish holati to‘g‘ri kelayotganini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.    

Shuningdek, dasturda oxirgi 7 kun ichida hududda koronavirus bilan bog‘liq raqamlar oshgani yoki kamayganini ko‘rsatuvchi belgilar paydo bo‘ladi. 

“Yangi funksiya sizga dunyoda xavfsiz harakatlanishga yordam beradi. Siz o‘z hududingizda yangi koronavirusga chalinish holatlari haqidagi ma'lumotni ko‘rishingiz mumkin”, deb yozilgan Google Maps’da va ma'lumotlar bir nechta manbalardan, jumladan Jon Hopkins universiteti, The New York Times nashri va “Vikipediya”dan olinishi qo‘shimcha qilingan. 

Ushbu funksiya 220 ta davlatda ishlaydi. Ba'zi davlatlarda hattoki biror shaharning muayyan tumanidagi kasallanish holatlari haqidagi ma'lumot taqdim qilinadi.

Google Maps’da koronavirus bilan bog‘liq yana bir qator yangilanmalar paydo bo‘lishiga va'da qilingan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top