11:00 / 24.09.2020
65689
Reklama

Haval avtomobillari endi O‘zbekistonda!

Foto: Haval

Haval brendining rasmiy distribyutori Toshkentda 3S prinsipi asosida yangi premial yo‘l tanlamas avtomobillar va krossoverlarni taklif qiladi: shourum, servis va ehtiyot qismlar ombori.

21 sentyabr kuni Toshkentda Yevropa va MDH davlatlarining barcha standartlari asosida ishlab chiqarilayotgan va dunyo mamlakatlari hamda MDHda tan olinishni boshlagan premial Haval nomli xitoy brendiga tegishli yo‘l tanlamas avtomobil va krossoverlarning savdosi boshlandi. «SHOSH AUTOTRADE GROUP» MChJ («SHARQ MOTORS» SB) O‘zbekiston hududida sertifikatsiyadan o‘tib, Haval brendi ostidagi avtomobillarning rasmiy distribyutoriga aylandi.

Haval – Xitoydagi Great Wall Motors kompaniyasida premium sinfda yo‘l tanlamas avtomobillar va krossoverlarning ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi hisoblanadi. Haval brendi 2013 yilda o‘z tarixini boshladi. Ushbu brend avtomobillari noyob dizayni hamda narx-sifat ko‘rsatkichining ajoyib nisbati bilan farq qiladi. www.autostat.ru sahifasining ma'lumotlariga qaraganda, 2020 yilning birinchi yarmida Rossiyada eng ko‘p sotiladigan Xitoy avtomobillarining TOP3 ga Haval H6 kirdi.

Rasmiy distribyutor quyidagi modellarni taqdim etmoqda:

Haval H2 – o‘z sinfida eng ilg‘or turbonadduvli dvigatelga ega ixcham krossover, qulay va tejamli, yorqin dizayn-ekstereri va ko‘plab qulay va foydali boshqaruv funksiyalari bilan ajralib turadi. Xavfsizlik saviyasiga, zamonaviy va qulay boshqaruv elementlariga va multimediaga alohida e'tibor qaratilgan.

Intelligent komplektatsiyasida taqdim etilgan - 274 000 000 so‘m.

All New Haval H6 – Rossiya va Xitoyda eng ko‘p sotiladigan avtomobillardan biri, eng zamonaviy texnika bilan ta'minlangani va salonidagi mislsiz muhiti bilan boshqalaridan farq qiladi. Haydovchi uchun boshqaruvni takomillashtiruvchi va avtomobil xavfsizligini oshiruvchi ko‘plab qulay funksiyalar bilan jihozlangan.

Ikkita komplektatsiyada mavjud: Fashionable – 305 000 000 so‘m, Supreme – 335 000 000 so‘m.

Haval H9 – bashang keng salon, smart-datchiklar va harakatlanish vaqtida ko‘maklashuvchi tizimlarga ega ramali to‘liq privodli avtomobil. Qulaylik va xavfsizlikka yanada ko‘proq e'tibor qaratilgan, Dignity komplektatsiyasida taqdim etiladi – 498 000 000 so‘m.

Avtomobillar Xitoydan yetkaziladi, hozirda mavjud, bojxonada rasmiylashtirilgan. To‘lov amalga oshirilishi bilan avtomobil shu zahoti egasiga topshiriladi.

Talablarga to‘liq javob beradigan avtoservis – avtosalonning yana bir afzalligi, avtosalon bazasida Haval servis-markazi hamda ehtiyot qismlar ombori tashkil etilgan. Bu Haval rasmiy diler bazasida servisning mahalliylashtirilishida yana bir qadam, bu esa o‘z o‘rnida brend o‘z mahsulotiga ishonishini namoyon qiladi va juda katta qiziqish uyg‘otadi. Barcha xarid qilingan Haval avtomobillariga 3 yil yoki 100 000 km kafolat taqdim etiladi.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Haval rasmiy distribyutori “avtomobilni amalda sinab ko‘rish” imkonini – test-drayv xizmatini taqdim etadi. Aynan test-drayv sharofati bilan barcha avtomobil xarid qilishni niyat qilgan mijozlar hamda kelajakdagi ushbu brend avtomobillarining egasiga aylanadigan haydovchilar amalda avtomobilni his etishlari, harakatga kelganida haydovchi uchun yordam sifatida barpo etilgan barcha tizimlarni sinab ko‘rishlari hamda Haval go‘zallik muhitiga sho‘ng‘ishlari mumkin.



Shourum xodimlari avtomobillar qatori haqida barcha kerakli ma'lumotlarga ega, har bir avtomobilning afzalliklari, texnik ko‘rsatkichlari va yoqimli xususiyatlari haqida aytib berishadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar telefon raqami orqali taqdim etiladi: +998 71 208 41 41

Model qatori bilan batafsil quyidagi manzil orqali tanishish mumkin: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Avayxon ko‘chasi, 98A.

Sotuvga start berilgani haqidagi reportajni quyidagi manzil bo‘yicha ko‘rishingiz mumkin: www.youtube.com/watch?v=tFp1XrG3dhU

Haval O‘zbekistonda (Haval v Uzbekistane) yangiliklarini rasmiy saytda yoki ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Sayt: haval.uz

Onlayn maslahatlar (Telegram): t.me/havaluz

Telegram: t.me/Haval_Uzbekistan

Instagram: instagram.com/haval.uzbekistan

Facebook: fb.com/haval.uzbekistan

YouTube: Haval Uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top