23:20 / 24.09.2020
9854

Nobel mukofoti miqdori oshirildi

Foto: AP

2020 yilda Nobel mukofoti miqdori 1 mln shved kronasiga oshirilib, 10 mln kronani (million dollar) tashkil qiladi.

Oxirgi 8 yil davomida Nobel jamg‘armasi daromadi oshgan va shu sababli mukofot miqdorini oshirishga qaror qilingan. Bu haqda jamg‘arma rahbari Lars Xeykensten ma'lum qildi.  

Uning aytishicha, 2012 yildan boshlab jamg‘arma kapitali 3 mlrd kronadan 4,6 mlrd kronagacha (300 mln dollardan 460 mlngacha dollargacha) oshgan, bu esa mukofotlar miqdorini oshirishga imkon bergan.

2011 yilgacha ham mukofot miqdori 10 mln kronani tashkil qilgan, biroq keyin jamg‘arma daromadi kamaygani sababli u 8 mln kronagacha qisqargan. 2017 yildan esa mukofot miqdori 9 mln kronagacha oshirilgan.   

Joriy yilda Nobel mukofotlari sovrindorlarini e'lon qilish 5 oktyabrdan boshlanadi. Biroq joriy yilda koronavirus pandemiyasi sababli mukofotlar o‘z egalariga onlayn-rejimda topshiriladi. 

Mavzuga oid
Top