09:21 / 24.09.2020
9629
Nyu-Yorkda o‘zbek maktabi ochildi

Maktab 16 Avenue O, Brooklyn NY 11204 manzilida joylashgan.

Foto: TIV axborot xizmati

Nyu-Yorkning Bruklin mavzesida (AQSh) «Ziyo Art» o‘zbek maktabi ish boshladi, uning rasmiy ochilish marosimi 2020 yil 19 sentabr kuni bo‘lib o‘tdi

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tadbir O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi va «Mahalla USA» diaspora tashkiloti bilan birgalikda tashkil etildi.

Bosh konsulxona ma'lumotlariga ko‘ra, maktab 16 Avenue O, Brooklyn NY 11204 manzilida joylashgan bo‘lib, quyidagi fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi: «O‘zbek tili va adabiyoti», «Odobnoma», «Tasviriy san'at», «Shaxmat» va «Matematika».

Darslar shanba va yakshanba kunlari o‘zbek tilida O‘zbekistondan olingan maxsus o‘quv materiallaridan foydalangan holda malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘qituvchilar tanlov asosida saralab olingan.

Bosh konsulxona O‘zbekiston hukumati nomidan o‘zbek maktabi kutubxonasi fondiga kitoblar va badiiy adabiyotlarni topshirdi, deyiladi xabarda. 

Top