22:29 / 24.09.2020
2023
Parijdagi qahvaxona va barlar egalari cheklov choralariga qarshi namoyishga chiqishdi

Avvalroq Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran mamlakat aholisini koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli o‘zaro muloqotni kamaytirishga chaqirgandi.

Foto: Twitter/BFMTV

 

Parijdagi qahvaxona va barlar egalari hukumatning koronavirusga qarshi kurash doirasidagi yangi cheklov choralaridan norozi bo‘lib namoyishga chiqishdi. Bu haqda Fransiya OAV xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, aksiya Leon Blyum nomidagi maydonda bo‘lib o‘tmoqda.

Namoyishchilar qahvaxona va barlar dushanbadan boshlab soat 22:00gacha yopilishidan norozi bo‘lishmoqda.

Avvalroq Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran mamlakat aholisini koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli o‘zaro muloqotni kamaytirishga chaqirgandi.

U shuningdek, koronavirus tarqalish xavfi yuqori bo‘lgan hududlardagi ish beruvchilarni masofadan ishlash muddatini uzaytirishga chaqirdi. Bordo, Lill, Nitssa, Parij va Tuluza ana shunday hududlar sirasiga kiradi.

Fransiyada bugunga qadar koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 480 mingga yaqin holat qayd etilgan, 31 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top