20:09 / 24.09.2020
9848
Putinning nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surildi 
Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surildi. 

Rossiyalik yozuvchi Sergey Komkov Putinning nomzodini 2021 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surish haqidagi arizani 10 sentyabrda  Osloga jo‘natganini ma'lum qildi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov yozuvchining bu tashabbusiga izoh berib o‘tdi.

“Bu mukofotga turli odamlar ilgari surilishini bilasiz. Bu shunday taklif bilan chiqadiganlarning tashabbusi hisoblanadi. Nomzodlarni ko‘rib chiqish tartib-qoidalari bor. Agar bu borada [arizani qabul qilish] qaror qabul qilinsa ajoyib bo‘ladi, qilinmasa ham qo‘rqinchli joyi yo‘q. Bu yerda boshqa biror narsa aytish qiyin”, deb ta'kidlab o‘tgan Peskov.

Top