08:25 / 24.09.2020
47375
Toshkent metropoliteni 24 sentyabrdan boshlab 17ta metro bekatidagi kirish qismlarini yopdi 

2020 yil 24 sentabr soat 05:00dan boshlab poytaxt metropolitenining qator metro bekatlari vestibyullari vaqtincha yopildi.

«Toshkent metropoliteni» UK xabariga ko‘ra, bunga ishlab chiqarish ehtiyojlari sabab bo‘ldi.

Yopilgan vestibyullar:

Chilonzor yo‘nalishi

- «Pushkin» bekati - «Salar» ko‘prigi tomonidagi vestibyul;
- «Hamid Olimjon» bekati - «NBU» banki tomonidagi vestibyul;
- «Amir Timur Xiyoboni» bekati - 50-maktab tomonidagi vestibyul;
- «Mustaqillik Maydoni» bekati - «Mustaqillik maydoni» tomonidagi vestibyul;
- «Xalqlar Do‘stligi» bekati – «Toshkent citi» tomonidagi vestibyul;
- «Novza» bekati - «Novza» masjidi tomonidagi vestibyul;
- «Mirzo Ulug‘bek» bekati – «Milliy» stadioni tomonidagi vestibyul.

O‘zbekiston yo‘nalishi

- «Toshkent» bekati – Bosh pochta tomonidagi vestibyul;
- «Oybek» bekati - Farmatsevtika instituti tomonidagi vestibyul;
- «Kosmonavtlar» bekati - "Interpol tomonidagi vestibyul;
- «Tinchlik» bekati - Gaz loyihalash instituti tomonidagi vestibyul.

Yunusobod yo‘nalishi

- «Ming O‘rik» bekati - Geologiya muzeyi tomonidagi vestibyul;
- «Abdulla Qodiriy» bekati – Gyote instituti tomonidagi vestibyul;
- «Minor» bekati - moliya instituti tomonidagi vestibyul;
- «Bodomzor» bekati – «NBU» bank tomonidagi vestibyul;
- «Shahriston» bekati - «Yunusobod» bozori tomonidagi vestibyul;
- «Turkiston» bekati - «Uch Qahramon» tomonidagi vestibyul.

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Top