10:36 / 24.09.2020
3030
Toshkent - Samarqand - Toshkent yo‘nalishida «Afrosiyob» poyezdlari qatnovi ko‘paymoqda

Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarga ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsad qilingan.

Qayd etilishicha, Afrosiyob» poyezdining qo‘shimcha qatnovi joriy yil 26 sentyabrdan boshlab, haftasiga ikki marotaba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Top