23:10 / 25.09.2020
1844
Chexiya bosh vaziri JSSTni pandemiyaga qarshi kurashdagi qat'iyatsizligi uchun tanqid qildi

Andrey Babishning so‘zlariga ko‘ra, Chexiya BMTning, ayniqsa, JSSTning isloh qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) pandemiya davrida qat'iyatsiz harakat qildi va o‘zini yaxshi ko‘rsata olmadi, dedi Chexiya bosh vaziri Andrey Babish.

"JSST koronavirus inqirozini bartaraf etishda zimmasiga yuklangan vazifani bajara olishga layoqatli tashkilot sifatida  o‘zini ko‘rsata olmadi. JSST qat'iyatsiz harakat qildi. U taklif qilgan choralar yetarli bo‘lmadi. U bizga kerakli tavsiyalarni bera olmadi", dedi u.

Babishning so‘zlariga ko‘ra, Chexiya BMTning, ayniqsa, JSSTning isloh qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Uning ta'kidlashicha, yirik xalqaro tashkilot alohida mamlakatlarning koronavirusga qarshi eng yaxshi vaksina yaratish borasidagi harakatlarini muvofiqlashtirishi lozim.

"Pandemiya fanga sarmoya kiritish naqadar muhimligini ko‘rsatdi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi tadqiqot ma'lumotlari almashinuvi zarur", - dedi Chexiya bosh vaziri.

U shuningdek, pandemiya oqibatlari barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganini ta'kidladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top