22:36 / 25.09.2020
3725

Isroil mamlakatdan parvozlar amalga oshirilishiga cheklov kiritdi 

Isroilda koronavirusga chalinish holatlari soni keskin ortgani sababli mamlakatdan parvozlar cheklandi. Isroilda 25 sentyabrda 7,4 mingta, 24 sentyabrda esa 11 mingtadan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan.  

Foto: Reuters

Mamlakatning transport vazirligida ta'kidlanishicha, cheklovlar kuchga kirishigacha, ya'ni 25 sentabr soat 14gacha chiptalar sotib olganlar Isroilni tark eta oladilar. Biroq bu muddatdan keyin sotib olingan chiptalardan foydalanib bo‘lmaydi. Shu bilan birga xorijda bo‘lgan Isroil fuqarolari mamlakatga 25 sentyabrdan keyin ham qayta oladilar. 

24 sentyabrda Isroilda koronavirus tarqalishini bostirish uchun ikki haftalik umummilliy karantin kiritildi, jamoat transporti harakati cheklandi, bolalar bog‘chalari va sinagogalar yopildi. 

Mavzuga oid
Top