22:33 / 25.09.2020
32591
Koronavirusga chalinganda Covid-19`ga xos bo‘lmagan simptomlar ham kuzatilishi mumkinmi? Mutaxassis izohi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida AOKAda brifing o‘tkazildi. Unda fuqaroning “Bemorlarda Covid-19`ga tegishli bo‘lmagan simptomlar ham kuzatilishi mumkinmi? Do‘stimda qusish kuzatilmoqda. Shu bo‘yicha ma'lumot bersangiz”, deya yo‘llagan murojaati bo‘yicha ma'lumot berildi.       

Foto: Reuters

“Bemorlarni kuzatish jarayonida koronavirus infeksiyasining belgilari har doim ham yuqori harorat va yo‘tal bilan cheklanmaydi. Ba'zi bemorlarda qaltirash, sezgining yo‘qolishi, qusish, bundan tashqari teri va ko‘z zararlanishi ham qayd etilgan.

Bundan tashqari ba'zi bolalarda virus yurak va qorinda og‘riq, qariyalarda esa befarqlik va uyquchanlik bilan namoyon bo‘lgan. Bunday hollarda ushbu belgilarga o‘z vaqtida e'tibor qaratish va shifokorga murojaat qilish lozim”, - dedi Nargiza Nurullayeva.

Shtab a'zosining ta'kidlashicha, shamollash belgilari mavjud, ammo kasallikning jiddiy belgilari kuzatilmagan hollarda birinchi navbatda ko‘p suyuqlik ichish - barcha uchun umumiy tavsiya hisoblanadi.

“Har qanday virus infeksiyasida intoksikatsiya kuzatiladi, ko‘p miqdorda suyuqlik ichish esa organizmdan toksinlarning chiqib ketishiga yordam beradi.

Tarkibida vitaminlar mavjud sitrus mevalar va sabzavotlar, bundan tashqari S vitamini qabul qilish mumkin. Kasallik davrida ishtaha pasayishiga qaramasdan, organizmni zaiflashtirmaslik uchun yaxshi ovqatlanish zarur.

Buning uchun meva va sabzavotlardan ichish uchun aralashmalar, masalan, smuzilar tayyorlash mumkin. Smuzi bu o‘zida vitamin va minerallar tutgan meva va sabzavotlarni aralashmasidan tayyorlangan quyuq ichimlik. Natijada bu harakatlar immunitetni mustahkamlashga olib keladi”, - dedi Nurullayeva.

 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top