10:59 / 25.09.2020
18421
O‘zbekistonda ilk bora yaxlit betonli qurilish texnologiyasi asosida qurilgan mustahkam yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlandi!

Bugungi kunda Sirg‘ali tumani mutlaqo yangicha tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib bormoqda. Bu esa ushbu tumanda olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlarining natijasidir. 

Sirg‘ali tumanini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha «Allegro develop plast» loyihalash instituti KALYON ULAŞTIRMA Mühendislik ve Müşavirlik A.Ş turk kompaniyasi hamkorligida 2020-2021 yillar davomida Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining Cho‘ponota ko‘chasi, KHAY, THAY va Sirg‘ali tumanining Qipchoq ko‘chalari oralig‘ida joylashgan 6 yo‘lakli avtomagistral yo‘li va 3 ta yo‘l o‘tkazgich qurilishi kesishmalari bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishdi. Yo‘lning umumiy uzunligi 5,6 kilometrni tashkil etib, u har tarafga 3 tasmadan bo‘linib, jami 6 yo‘nalishli avtomobil yo‘li sifatida quriladi.

Obekt qurilishini «Grand Road Tashkent» kompaniyasi Turkiyaning NesCe Grup kompaniyasi bilan birgalikda olib bormoqda.

Ushbu loyihaga ko‘ra birinchi kesishma, Cho‘ponota-Qipchoq yo‘nalishi bo‘yicha yangi qurilayotgan yo‘l Toshkent kichik avtomobil halqa yo‘li bilan kesishadi, yo‘l o‘tkazgich uzunligi 620 metrni tashkil etadi. Ushbu yo‘l o‘tkazgich qurilishi uchun O‘zbekistonda ilk bora yaxlit betonli qurilish texnologiyasi tadbiq etiladi.

Ikkinchi kesishma, Cho‘ponota-Qipchoq yo‘nalishi bo‘yicha yangi qurilayotgan yo‘l Toshkent halqa avtomobil yo‘li bilan kesishadi, bu yo‘l o‘tkazgichning uzunligi 24 metrni tashkil etadi. Biroq bu kesishmada harakatni xavfsizligini ta'minlash maqsadida jami 5 ta yo‘l o‘tkazgich qurish ko‘zda tutilgan. 

Loyihaning uchinchi kesishmasi, Sirg‘ali tumanida Qipchoq ko‘chasida temir yo‘l ustidan qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichga borib ulanadi, bu estakadaning umumiy uzunligi 50 metrni tashkil etadi.

Yo‘l o‘tkazgichning tayanch vazifasi sifatida 13 metrlik balandlikka ega bo‘lgan 47 ta ustun xizmat qiladi. Yo‘l o‘tkazgichning tashqi ko‘rinishi zamonaviy uslubda bezatilishi va tungi chiroqlar bilan ta'minlanishi mo‘ljallangan.


Yaqin kelajakda yana bir ulkan bunyodkorlik na'munasiga aylanuvchi ushbu yo‘l o‘tkazgich qurilishi, xalqaro standartlarga muvofiq ravishda eng so‘nggi texnologiyalar asosida barpo etiladi. Loyiha bir qator ulkan afzalliklarni taqdim etadi:

Loyiha rejasiga ko‘ra, avtomobillar harakati uchun maxsus yo‘llar qurilibgina qolmay, balki mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uchun xavfsiz va qulay bo‘lgan piyodalar yo‘lagi va velo harakati uchun yo‘lakchalar qurish rejalashtirilgan;
Loyiha ishga tushirilgandan keyin mazkur yo‘l orqali Sirg‘ali tumanidan Toshkent shahrining istalgan nuqtasiga 20 daqiqa ichida yetib kelish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

«Grand Road Tashkent» kompaniyasi ishlab chiqarayotgan zamonaviy va sifatli qurilish mahsulotlaridan foydalangan holda samarali qurilish va ta'mirlash ishlarini jadal amalga oshirib kelmoqda.

Instagram: @grandroadtashkent

Facebook: fb.com/grandroadtashkent

Sayt: grandroad.uz

Telefonlar: 95 410-10-10, 71 210-10-10, 95 620-10-10

Reklama huquqi asosida

Top